» » O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 3760 nafarga yetdi

O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 3760 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 2020-yil 2-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, yana 10 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi va COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 3760 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Yangi kasallangan bemorlarning 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari karantin markazidagi (Qozog‘iston Respublikasi orqali O‘zbekistonga kirib kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan.

Avval O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 2-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 32 nafarga oshib, 3750 nafarga yetgani xabar qilingandi.

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2-iyun holatiga ko‘ra, 2908 nafarni tashkil qilmoqda.

15-mart, ya’ni O‘zbekistonda epidemiya boshlanganidan buyon COVID-19 asoratlari oqibatdia 15 kishi hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют