» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari 32 taga oshdi. Kasallanganlarning umumiy soni 3750 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari 32 taga oshdi. Kasallanganlarning umumiy soni 3750 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 2-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra 32 nafarga oshdi va jami 3750 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 17 nafari Karantin markazidagi fuqarolarda aniqlangan. Ulardan 10 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 7 nafari esa Tojikistondan chegara post orqali kirib kelgan.

Qolgan kasallanganlarning 7 nafari Buxoro viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan, 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari), 3 nafari Toshkent shahrida karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafar Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют