» » O‘zbekistonlik ikki bojxonachida koronavirus aniqlandi. Kasallanish holatlari soni 3180 taga yetdi

O‘zbekistonlik ikki bojxonachida koronavirus aniqlandi. Kasallanish holatlari soni 3180 taga yetdi


O‘zbekistonda 25-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 kishiga ko‘payib, 3180 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Qoraqalpog‘istonda aniqlanib, ulardan 3 nafari xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchilari (ulardan 2 nafari ukrainalik), 1 nafari chegara bojxona posti xodimi.

5 nafari esa Samarqand viloyatida aniqlangan. Ularning 4 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib yuqtirgan. 1 nafari esa aholi orasidan aniqlangan. Hozirda epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yana 1 nafar Toshkent viloyatida chegara bojxona posti xodimida aniqlangan. Qolgan 6 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etildi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2565 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Hozirda 602 nafar bemorga shifokorlar tomonidan davo choralari ko‘rilmoqda. 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют