» » Go‘zallik ukollaridan voz kechib tabiiylikni tanlagan mashhurlar

Go‘zallik ukollaridan voz kechib tabiiylikni tanlagan mashhurlar


Go‘zallik uchun mashhurlar qanday muolajalarga rozi bo‘lmaydi deysiz? Shishirish, yashirish, taranglashtirish vaqtincha chiroyli ko‘ringani bilan yillar o‘tib salomatlikka zarar yetkazishi isbotlangan. Shuni tushunib yetgan quyidagi yulduzlar esa tashqi ko‘rinishida tabiiylikka urg‘u berishni afzal ko‘rgan.

Keyt Middlton

Qirollik oilasiga qadam qo‘yishdan avval Keyt tashqi ko‘rinishi ustida ko‘p ishlagan. Me’yorga amal qilgan holda yuziga go‘zallashtiruvchi ukol muolajalarini olgan. Shunga qaramasdan, ayni vaqtda malika go‘zallik inyeksiyalaridan butkul voz kechgan. Bu esa malika tabiiy go‘zallikni soxtalikdan ko‘ra afzal ko‘rganidan dalolat beradi.

Uning avvalgi va hozirgi suratlari solishtirilsa, peshonasida yoshiga monand mayda ajinlar paydo bo‘la boshlaganini, biroq shu bilan ham istarali va latofatli ekanini payqash mumkin.

Kortni Koks

“Do‘stlar” seriali yulduzi bo‘lgan Kortni avvallari go‘zallik ukollarini kanda qilmagani sabab ko‘plab tanqidlarga nishon bo‘lgan. Uning qiyofasida ajinlar ko‘rinmas, mimikasi esa qotib qolgandek tuyilardi.

Endilikda esa uning suratlariga diqqat bilan e’tibor berilsa, u ukol muolajalarini bas qilganini ko‘rish mumkin. Bu esa aktrisa o‘zini boricha qabul qilganidan darak beradi.

Gvinet Peltrou

48 yoshli aktrisa ukollarni me’yoridan oshirib yubormaslikka harakat qilgan. U ukol orqali terisini tarang qilib ko‘rsatish, peshonadagi ajinlarni yashirish muolajalaridan foydalanganiga qaramay, bugunga kelib bularning baridan butkul voz kechishga qaror qilgan.

Aktrisaning ta’kidlashicha, tabiiy qiyofa unga ichki go‘zalligini his qilishga yordam bermoqda. Endilikda u makiyajsiz, ajin va boshqa tabiiy kamchiliklar ko‘zga tashlanadigan suratlari bilan bo‘lishishdan uyalmaydi va hayotidan mamnun ko‘rinadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют