» » Nigeriyada elektr kabelining tomga tushishi oqibatida 30 nafar futbol muxlisi halok bo‘ldi

Nigeriyada elektr kabelining tomga tushishi oqibatida 30 nafar futbol muxlisi halok bo‘ldi


Nigeriyada elektr kabelining futbol markazi tomiga tushishi oqibatida “Manchester Yunayted” klubining Yevropa Ligasi o‘yinini ko‘rayotgan muxlislaridan 30 nafari halok bo‘ldi. Bu haqda, Mirror nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Nashr keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, 28 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga hayotdan ko‘z yumdi.

Dastlab yetti nafar odam halok bo‘lgani, o‘n kishi jarohatlangani xabar qilingan edi. Ammo keyinroq qurbonlar soni kattaroq ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Fojia Kalabar shahrida ro‘y berdi. Guvohlarning bildirishicha, transformatorda kelib chiqqan nuqson tufayli yuqori kuchlanish ostidagi sim klub tomiga quladi.

Mahalliy ma’muriyat vakillari voqeani “qo‘rqinchli fojia” sifatida baholab, bunday kabellar ostida klublar qurishni noqonuniy deb baholadi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” klubi ma’muriyati halok bo‘lganlarning oilalari va jabrlanganlarga hamdardlik izhor qildi.

“Bizning o‘y-xayolimiz ‘Yunayted’ muxlislari, ularning do‘stlari va oilalari bilan birga”, — degan xabar qoldirildi jamoaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют