» » Karantin sababli Prezident maktablariga qabul bir yilga qoldirildi

Karantin sababli Prezident maktablariga qabul bir yilga qoldirildi


Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilida o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

“Bugungi kunda yuzaga kelgan pandemiya vaziyatidan kelib chiqib, karantin davrida yosh avlod sog‘lig‘ini asrash, pandemiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda voyaga yetmagan o‘quvchilarning katta sig‘imli binolarda saralash imtihonlari vaqtida uzoq vaqt qolib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, shuningdek, xorijiy hamkorimiz — Cambridge Assessment tashkiloti vakillarining mamlakatimizga karantin davrida tashrifini belgilangan sanalarda tashkil etish imkoni yo‘qligi sababli istisno tariqasida joriy yilda Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilda o‘tkaziladi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida ochiladigan Prezident maktablariga (beshinchi sinfdan o‘ninchi sinfgacha) hamda 2020-yilda ochilishi rejalashtirilgan Surxondaryo viloyatidagi Ro‘zi Choriyev va Buxoro viloyatidagi Muxtor Ashrafiy nomidagi ijod maktablariga (yettinchi sinfdan) o‘quvchilar qabuli ham kelgusi yilda o‘tkaziladi.

Toshkent, Nukus, Namangan va Xiva shaharlarida faoliyat yuritayotgan Prezident maktablariga 2020/2021-o‘quv yiliga o‘quvchilarni beshinchi sinflarga qabul qilish imtihonlari 2021-yilga qoldirilib, 2021/2022-o‘quv yilida o‘quvchilar beshinchi va oltinchi sinflarga qabul qilinadi.

Qayd etilishicha, hukumat qaroriga binoan, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab ijod maktablariga qabul 7-sinfdan amalga oshiriladi. Bugungi kunga kelib, mavjud ijod maktablaridagi sinflar kontingenti to‘liqligini inobatga olgan holda, 2020/2021-o‘quv yilida yangi sinflar ochilishi nazarda tutilmagan.

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar, ya’ni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2020/2021-o‘quv yiliga o‘quvchilarni qabul qilish masalasiga oid ma’lumot tegishli o‘rganishlardan so‘ng ma’lum qilinadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari uchun yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют