» » Yevropa Chempionlar Ligasining 2020/21-yilgi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum qilindi

Yevropa Chempionlar Ligasining 2020/21-yilgi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum qilindi


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi musobaqalarining 2020/21-yilgi mavsumi formati hamda o‘tkazilish sanalari ma’lum bo‘ldi. Bu haqida UEFA e’lon qildi.

Musobaqalar guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun kechadigan saralash bahslari ikki o‘yindan emas, bir uchrashuvdan iborat bo‘ladi. Chempionlar Ligasining pley-off raundi bundan mustasno.

Bir o‘yinlik bosqichlar mezboni qur’a yordamida aniqlanadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yevrokuboklar kelasi mavsumi final bosqichi oktabr oyining ikkinchi yarimidan start oladi.

2020/21-yilgi mavsum saralash o‘yinlari va guruh bosqichi taqvimi bilan tanishing:

Chempionlar Ligasi—2020/21:

– Dastlabki bosqich: 8—11-avgust

– Birinchi saralash bosqichi: 18—19-avgust

– Ikkinchi saralash bosqichi: 25—26-avgust

– Uchinchi saralash bosqichi: 15—16-sentabr

– Pley-off bosqichi: 22-23 va 29—30-sentabr

– Guruh bosqichi: 20-21 va 27—28-oktabr, 3-4 va 24—25-noyabr, 1-2 va 8—9-dekabr.

Yevropa Ligasi—2020/21:

– Dastlabki bosqich: 20-avgust

– Birinchi saralash bosqichi: 27-avgust

– Ikkinchi saralash bosqichi: 17-sentabr

– Uchinchi saralash bosqichi: 24-sentabr

– Pley-off bosqichi: 1-oktabr

– Guruh bosqichi: 22 va 29-oktabr, 5 va 26-noyabr, 3 va 10-dekabr.

Keyingi bosqichlar taqvimi o‘zgarmay qoldi.

Chempionlar Ligasi musobaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 1-oktabr kuni Afinada bo‘lib o‘tadi. Yevropa Ligasiga esa 2-oktabrda qur’a tashlanadi.

Mavzuga doir: Rasman: UEFA Chempionlar Ligasi joriy mavsumi qay tartibda davom ettirilishini e’lon qildi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют