» » Afg‘onistondagi harbiy bazaga uyushtirilgan hujum oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi harbiy bazaga uyushtirilgan hujum oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi


Afg‘oniston shimolidagi Mozori Sharif shahri yaqinidagi harbiy bazaga “Tolibon” radikal guruhi tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) vakili Jon Tomas bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “RIA Novosti”.

“Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, hujumning nishoni masjid va oshxona bo‘lgan, u yerda afg‘onistonlik harbiy xizmatchilar hamda bazada ishlovchi oddiy fuqarolar bor edi”, — ta’kidladi Tomas brifing chog‘ida.

Javob olovi natijasida hujum qilganlardan bir qanchasi o‘ldirilgan.

Pentagon vakilining qo‘shimcha qilishicha, baza yaqinida otishma hamon davom etmoqda.

AQSh boshchiligidagi koalitsiya harbiy xizmatchilari hujum oqibatida jabrlanmagan.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют