» » Parijdagi otishmada ishtirok etganlikda gumonlangan shaxs Antverpen politsiyasiga o‘zi keldi

Parijdagi otishmada ishtirok etganlikda gumonlangan shaxs Antverpen politsiyasiga o‘zi keldi


Parijdagi Yelisey maydonida yuz bergan otishmada ishtirok etganlikda gumonlangan va Belgiya rasmiylari tomonidan mamlakatda ekanligi Fransiya tomoniga ma’lum qilingan shaxs Belgiyaning Antverpen shahri politsiya idorasiga o‘z ixtiyori bilan keldi. Bu haqda Fransiya IIV rasmiy vakili Pyer-Anri Brandening bayonotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Belgiya hukumati tomonidan qidiruvga berilgan shaxs o‘z ixtiyori bilan Antverpen shahri politsiya komissariatiga borgan”, — dedi vazirlik vakili o‘z bayonotida.

Avvalroq Fransiya Ichki ishlar vazirligi, Belgiya politsiyasi ma’lumotlariga asoslanib, payshanba kuni Parij markazida politsiyachilarga qarata o‘t ochgan shaxs Belgiyadagi terrorchilik guruhlari bilan yaqin aloqada bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida axborot bergan edi.

Gumonlangan shaxs haqidagi ma’lumotlar va uni qamoqqa olish bo‘yicha order Fransiya IIVga taqdim etilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют