» » Buxoroda gazokondensat o‘g‘irlagan 7 kishining ishi sudga yuborildi

Buxoroda gazokondensat o‘g‘irlagan 7 kishining ishi sudga yuborildi


Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida joylashgan MChJga qarashli gaz quvuridan 8 tonnadan ziyod gazokondensat xomashyosini o‘g‘irlagan 7 nafar fuqaroning ishi sudga oshirildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qorako‘l tumanida yashovchi 7 nafar shaxs 15-fevral kuni soat 00:10 da gaz quvuridan gazokondensat mahsulotlarini yashirin ravishda talon-toroj qilayotganida MChJning qo‘riqlash xodimlari tomonidan ushlangan.

Ta’kidlanishicha, ular Uchqur—Kulbeshkak yo‘nalishidagi gaz quvurini bir necha kun ilgari teshib, shlang orqali polietilen qoplama bilan o‘ralgan hovuzga gazokondensat yig‘gan. Mazkur hovuzda qiymati 9,2 million so‘mlik 8 tonnadan oshiqroq gazokondensat xomashyosi topilgan.

Holat yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “g” bandi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha ushlangan shaxslarga nisbatan tegishli moddalar bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish masalasini hal qilish uchun prokuraturaga yuborilgan.

Avvalroq Qorako‘ldagi gaz quvuridan 20 tonnadan ziyod gazokondensat xomashyosini o‘g‘irlagan sakkiz nafar fuqaroning har biriga ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Navoiyda cho‘l hududidagi 102 millionlik suv quvurlarini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют