» » Buxoroda o‘g‘rilik qilmoqchi bo‘lgan shaxslar yuzaga kelgan yong‘in oqibatida jarohatlandi

Buxoroda o‘g‘rilik qilmoqchi bo‘lgan shaxslar yuzaga kelgan yong‘in oqibatida jarohatlandi


Buxoro viloyati IIBga Qorako‘l tumani “Qulbeshkak — Hojiqozg‘on” cho‘l massivida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 4 nafar fuqaroning jiddiy jarohat olganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushdi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, 14-mart kuni soat taxminan 02:00 larda, Qorako‘l tuman “Do‘stlik” MFYda yashovchi fuqaro Feruz Xolmurodov, “Bandboshi” MFYda yashovchi fuqarolar Murodjon Mardonov, Elyor Nurillayev hamda Laziz Rahmonqulovlar Qorako‘l tuman “Uchqir” zavodiga qarashli “Qulbeshkak Hojiqo‘zg‘on” cho‘l massivining 7-kilometrida joylashgan 426 santimetr diametrli gazkollektor quvuridan yashirin tarzda gazkondensat mahsulotlarini o‘g‘irlash uchun ushbu quvurni teshib, hosil qilingan teshik orqali o‘zlari bilan olib kelgan 65 metr uzunlikdagi rezina shlang yordamida quvurdan so‘rib chiqarilgan gazokondensat mahsulotini jamlash va tindirish uchun maxsus hovuz qazgan.

“Hovuzga jamlangan neft va gaz mahsulotlarini yelim idishlarga joylashtirish jarayonida to‘satdan yuzaga kelgan yong‘in, ularning jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmay, jiddiy kuyishlariga sabab bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda Elyor Nurillayev hamda Feruz Xolmurodovga tegishli bo‘lgan UAZ rusumli avtomashinalar to‘liq yongan va o‘zlarining harakatlarini o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmay, neft va gaz quvurlaridan o‘g‘rilik jinoyatiga suiqasd qilgan, ularning barchasi turli darajadagi termik kuyish jarohatlarini olgan.

Mazkur holat yuzasidan Feruz Xolmurodov, Murodjon Mardonov, Elyor Nurillayev hamda Laziz Rahmonqulovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют