» » Toshkentda bitkoin savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib, 3 mln dollar ayirboshlagan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda bitkoin savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib, 3 mln dollar ayirboshlagan shaxs qo‘lga olindi


Toshkentda bitkoin savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

U 2019—2020-yillarda Telegram kanalida fuqarolarga 3 million dollar miqdoridagi kriptoaktivlar ko‘rinishidagi mablag‘larni ayirboshlash orqali xorijiy davlatlar fuqarolari bilan chet el valyutasini o‘tkazib kelgani, bitkoin oldi-sotdisi bilan litsenziyasiz shug‘ullangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 2-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyati tashkil etishga ruxsat berildi.

Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar O‘zbekiston hududida sho‘ba yoki boshqa turdagi tashkilotlarini ochish asosida faqatgina chet el yuridik shaxslariga beriladi.

O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga birinchi litsenziya Koreyaning Kobea Group kompaniyasiga berilgan.

Mavzuga doir: Bloomberg: Bitkoin narxi 2020-yilda 20 ming dollarga ko‘tarilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют