» » Jizzaxda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Lacetti velosipedchini urib yuborib, yana ikkita mashina bilan to‘qnashdi (video)

Jizzaxda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Lacetti velosipedchini urib yuborib, yana ikkita mashina bilan to‘qnashdi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda boshqaruvni yo‘qotgan Lacetti velosipedchini urib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, mazkur hodisa 15-may kuni Jizzax viloyati Zomin tumani hududidan o‘tgan 4R40 avtomobil yo‘lining 22-kilometrida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi E.U. Lacetti rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo‘lning chap tomoniga to‘xtash maqsadida qarama-qarshi harakatlangan va boshqaruvni yo‘qotib, velosipedda harakatlanib ketayotgan 32 yoshli T.X.ni urib yuborgan. Shuningdek, yo‘l chetida to‘xtab turgan Nexia-3 hamda Lacetti’ga urilgan.

Oqibatda velosiped haydovchisi 32 yoshli T.X. tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB YHXB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun tuman sudiga yuborilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Zomin tuman sudining qarori bilan haydovchi E.U.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133 va 137-moddalari (Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi) bilan aybdor deb topib, yetkazilgan zararni qoplash hamda unga nisbatan BHMning 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Avvalroq O‘zbekistonda 2020-yilning birinchi choragida 1229 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 376 nafar fuqaro vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют