» » Farg‘ona tumanida Lacetti va Nexia to‘qnashdi. Bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi

Farg‘ona tumanida Lacetti va Nexia to‘qnashdi. Bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi


Farg‘ona tumanida Lacetti va Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda bir kishi halok bo‘ldi, 2 kishi jarohatlandi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea 25-mart kuni soat 09:30 da Farg‘ona tumani 4R-112 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lining 222-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi F.F. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotganida avtomobilning chap oldi shinasi yorilib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqdan o‘tib ketgan va qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi X.K. boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia’dagi 28 yoshli yo‘lovchi B.M. olgan og‘ir tan jarohati sababli voqea joyida vafot etgan. Lacetti haydovchisi F.F. va 34 yoshli yo‘lovchisi M.Q. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq Qarshida mashina urib ketgan velosipedchi shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют