» » Namangan viloyat IIB: “Navbahor” muxlislari bo‘lgan mashina ishtirokidagi avtoavariyada 4 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi

Namangan viloyat IIB: “Navbahor” muxlislari bo‘lgan mashina ishtirokidagi avtoavariyada 4 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi


2019-yil 10-mart kuni soat 22.30 atrofida “Farg‘ona halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 69-kilometrida, To‘raqo‘rg‘on tumani hududida Nexia avtomobilini boshqargan haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan Damas bilan to‘qnashdi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

YTH oqibatida Nexia haydovchisi va yonida bo‘lgan yo‘lovchi, Damas haydovchisi va uning yo‘lovchisi, jami 4 kishi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Nexia avtomobilida bo‘lgan 3 nafar va Damas mashinasida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ularga shifokorlar tomonidan tashxis qo‘yilib, tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan 2019-yil 10-mart kuni JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Namangan viloyat IIB huzuridagi Tyergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan kechgan futbol o‘yinidan qaytayotgan “Navbahor”ning 5 nafar muxlisi bo‘lgan Nexia ishtirokidagi avtoavariyada 2 nafar muxlis halok bo‘lgani, uch nafar muxlis esa kasalxonaga joylashtirilgani bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 120) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют