WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Qashqadaryoda Nexia’lar to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
Qashqadaryoda Nexia’lar to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
27-may, yakshanba kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi-Yakkabog‘-Ko‘kdala-Sho‘rbozor yo‘lining 73-kilometrida Nexia avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishda kelyotgan ikkinchi Nexia bilan to‘qnashdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada Nexia avtomashinasi haydovchisi R.H. va uning ikki nafar yo‘lovchisi jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Bir nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, ikkinchi Nexia avtomashinasining 2 nafar ayol yo‘lovchisi kasalxonaga yotqizilgan. Haydovchi va bir nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?