Samarqandda Cobalt va Nexia to‘qnashdi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi
Kecha, 7 aprel kuni kechki soat 17:25 larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1996 yilda tug‘ilgan O.Kamolov o‘zining Cobalt rusumli avtomashinasini «Zarafshon o‘ng sohili» 4R-48 yo‘lining 43-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1995 yilda tug‘ilgan S.Sunnatov boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Oqibatda Cobalt avtomashinasi haydovchisi O.Kamolov va uning 2 nafar yo‘lovchisi voqea joyida, Nexia avtomashinasi haydovchisi S.Sunnatov va uning 4 nafar yo‘lovchisi kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumgan.
Shuningdek Cobalt avtomashinasining yana 3 nafar yo‘lovchilari, jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Manba: Daryo.uz