» » Toshkent viloyatida Lacetti va Damas to‘qnashdi. 3 kishi halok bo‘ldi, 7 nafar yo‘lovchi jarohatlandi

Toshkent viloyatida Lacetti va Damas to‘qnashdi. 3 kishi halok bo‘ldi, 7 nafar yo‘lovchi jarohatlandi


Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida 21-mart kuni soat 13:50 atrofida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida 3 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi jarohatlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi. 

Shu kuni N.Sarsenbayev Lacetti rusumli avtomobilini “Chirchiq—Yangibozor—O‘rtasaroy” yo‘lining 25-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan S.Ahmedov boshqaruvidagi Damas mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. 

S.Ahmedov voqea joyida, N.Sarsenbayev hamda Damas yo‘lovchisi J.Tulegenova kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi.

Lacetti’ning bir, Damas’ning 6 nafar yo‘lovchisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют