» » Jizzaxda Nexia “KamAZ” bilan to‘qnashdi. Ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi

Jizzaxda Nexia “KamAZ” bilan to‘qnashdi. Ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi


Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 17-mart kuni sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi. 

Shu kuni soat 03:00 atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi B.Boboyev Nexia avtomobilini “Toshkent—Termiz” M-39 yo‘lining 947-kilometrida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda yo‘lning chetida to‘xtab turgan Denov tumanida yashovchi A.Niyazqulov boshqaruvidagi “KamAZ” yuk mashinasining orqa qismiga urdi.

Hodisa oqibatida Nexia yo‘lovchilari A.Yakubxonov va A.Ostanaqulov voqea joyida halok bo‘ldi. J.Murodillayev va B.Odinayev jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. 

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют