» » Qo‘ng‘irotda yuz bergan YTHda er-xotin halok bo‘ldi

Qo‘ng‘irotda yuz bergan YTHda er-xotin halok bo‘ldi


Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida 2-mart kuni soat 07:55 larda avtohalokat ro‘y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Xorazm viloyati, Urganch shahrida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan Quvondiq Yusupov Lada rusumli avtomobilini “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” A-380 yo‘lining 900-kilometrida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan “Kamaz” yuk mashinasi tirkamasining orqa qismiga urildi.

To‘qnashuv oqibatida yengil avtomobil yo‘lovchilari —1973-yilda tug‘ilgan Baxtiyar Seytnazarov va uning turmush o‘rtog‘i, 1976-yilda tug‘ilgan Saltanat Ilyasovalar voqea joyida halok bo‘ldi.

Yana bir yo‘lovchi — 1980-yilda tug‘ilgan Asilbek Omirbayev jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют