» » FVV Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning dastlabki ro‘yxatini e’lon qildi. Ularning barchasi Xorazmdan

FVV Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning dastlabki ro‘yxatini e’lon qildi. Ularning barchasi Xorazmdan


O‘zbekiston FVV Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida 1-mart kuni Lada Largus avtomobili va Shacman yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida halok bo‘lgan 6 nafar o‘zbekistonlikning dastlabki ro‘yxatini e’lon qildi.

Dastlabki ro‘yxatga kiritilganlarning barchasi Xorazm viloyatidan.

Lada Largus haydovchisi:

Allayarov Rasulbek Qo‘ziboyevich. 1981-yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Shovot tumani, Gulchi ko‘chasi,19-uy.

Lada Largus yo‘lovchilari:

Dushamov Zokir Quronboyevich. 1977-yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Shovot tumani, Chukli qishlog‘i, To‘qmang‘it mahallasi, raqamsiz uy.

Rahimov Sherzod Saparboyevich. 1980-yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Shovto tumani, Guliston shaharchasi, raqamsiz uy.

Begnazarov Mardonbek Xushnud o‘g‘li. 1995-yilda tug‘ilgan. Manzil: Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, Nayman qishlog‘i, raqamsiz uy.

Madaminov G‘ayrat Ro‘zmatovich. 1985-yilda tug‘ilgan. Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Gurlan shaharchasi, Maxtumquli ko‘chasi, 34-uy.

Boltayev Mahmudjon Saburjon o‘g‘li. 1995-yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘i, raqamsiz uy.

Ayni paytda halokat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. FVV fojia yuzasidan maxsus telefon raqami  ochdi: (+998 71) 147-10-50.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют