» » Bo‘kada Isuzu va Damas to‘qnashdi. 4 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi kasalxonaga yotqizildi

Bo‘kada Isuzu va Damas to‘qnashdi. 4 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi kasalxonaga yotqizildi


2018-yil 2-iyun kuni soat 06:30 atrofida haydovchi A.Berdiyev “Ahror Yakubovich” MCHJga tegishli Isuzu yuk mashinasini Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, Samarqand mahallasidan o‘tgan “Ohangaron—Bo‘ka—Guliston” avtomobil yo‘lining 71-kilometrida boshqarib ketayotganda uning yo‘nalishida harakatlanib, yo‘nalishini chap tomonga o‘zgartirayotgan S.Rahmatov boshqaruvidagi Damas avtomobilining yon qismiga urib, to‘qnashuv sodir etdi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Damas yo‘lovchilaridan bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi. 3 kishi Bo‘ka tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumdi.

S.Rahmatov va yana 4 nafar yo‘lovchi turli darajada jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Damas mashinasidagi halok bo‘lgan va yaralangan yo‘lovchilarning barchasi ayollar bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют