WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Surxondaryoda Damas va “KamAZ” to‘qnashdi. 2 kishi halok bo‘ldi, 9 kishi jarohatlandi
Surxondaryoda Damas va “KamAZ” to‘qnashdi. 2 kishi halok bo‘ldi, 9 kishi jarohatlandi
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 24-mart kuni katta talafotlarga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 16:30 atrofida J.Usmonov Damas avtomobilida “Sherobod—Jarqo‘rg‘on” yo‘lining 7-kilometrida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan A.Ziyodullayev boshqaruvidagi “KamAZ” yuk mashinasiga urilib, to‘qnashuv sodir etdi.
YTH oqibatida Damas yo‘lovchilari 1959-yilda tug‘ilgan M.Abdullayev va 2016-yilda tug‘ilgan L.Abduzoirov voqea joyida halok bo‘ldi.
Haydovchi J.Usmonov va yana 8 nafar yo‘lovchi jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?