» » Navoiy viloyatidagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi

Navoiy viloyatidagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi


Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 23-mart kuni soat 06:45 atrofida ikki kishining o‘limi va besh kishining jarohat olishiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi sayti xabar berdi.

Xabar berishlaricha, 1959-yilda tug‘ilgan M.Ochilov Captiva avtomashinasini haydab ketayotib, “Navoiy—Nurota” 4-R57 yo‘lining 29-kilometrida boshqaruvni yo‘qotgan hamda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1990-yilda tug‘ilgan S.Jabborov boshqaruvidagi Matiz bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Matiz haydovchisi S.Jabborov va uning yo‘lovchisi A.Po‘latov jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan, shuningdek, qolgan 4 nafar yo‘lovchi va Captiva haydovchisi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют