» » To‘raqo‘rg‘onda Damas ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi yaralandi

To‘raqo‘rg‘onda Damas ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi yaralandi


To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan N.Hakimjon Kosonsoy—To‘raqo‘rg‘on—Jomashuy yo‘lining 57-kilometrida  Damas mashinasida yo‘l chetida ketayotgan piyodani turtib yubordi va daraxtga borib urildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

YTH oqibatida piyoda, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1971-yilda tug‘ilgan H.Nargiza voqea joyida halok bo‘ldi. Avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi,To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1954-yilda tug‘ilgan O.Mastura og‘ir tan jarohati olib, kasalxonada vafot etdi.

Haydovchining o‘zi va mahalladoshi,1957-yilda tug‘ilgan K.Mahliyo yaralanib, shifoxonaga yotqizildi.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют