» » Oqqo‘rg‘onda 32 yoshli yigit nafaqaxo‘r mahalladoshini urib, komaga tushirib qo‘ydi

Oqqo‘rg‘onda 32 yoshli yigit nafaqaxo‘r mahalladoshini urib, komaga tushirib qo‘ydi


Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida 11-sentabr kuni soat 13.00 da mazkur tumanida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan Tursunmat Vohidov uyi oldida o‘zaro janjallashib, nafaqaxo‘r mahalladoshi, 1952-yilda tug‘ilgan Dadajon Normetovni qo‘li bilan urgan. Natijada u bosh qismi bilan yerga yiqilgan va tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Dadajon Normetov koma holatida bo‘lganligi sababli muomalaga kira olmasligi, bosh qismiga og‘ir jarohat yetganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan Tursunmat Vohidovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Holat yuzasidan keltirlgan ism va familiyalar o‘zgartirilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют