» » Toshkent viloyatida YTH oqibatida bir kunda ikkinchi surxondaryolik kishi qurbon bo‘ldi

Toshkent viloyatida YTH oqibatida bir kunda ikkinchi surxondaryolik kishi qurbon bo‘ldi


Qibrayda Damas haydovchisi urib yuborgan 35 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 25-mart kuni soat 21:30 larda Qibray tumanida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan A. Rahimov (ism-shariflari o‘zgartirilgan) o‘ziga tegishli Damas avtomashinasini “Qibray-Chinobod-May” avtomobil yo‘lining 6-kilometrida boshqarayotib, Surxondaryo viloyatida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan J. Qodirovni urib yuborgan.

Oqibatda J. Qodirov olgan tan jarohatlaridan hodisa joyida vafot etgan.

Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zR Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bir muddat oldinroq Zangiota tumanida Matiz haydovchisi urib yuborgan 21 yoshli surxondaryolik qiz halok bo‘lgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют