» » Zangiotada Matiz haydovchisi 21 yoshli qizni urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etgan

Zangiotada Matiz haydovchisi 21 yoshli qizni urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etgan


Zangiota tumanida Matiz haydovchisi urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.

2018-yil 25-mart kuni soat 02:00 larda Matiz rusumli avtomobil “Toshkent—Sergeli” avtomobil yo‘lining 1-kilometrida 1997-yilda tug‘ilgan, surxondaryolik qizni urib yuborgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Matiz’ni 1991-yilda tug‘ilgan bekobodlik fuqaro boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Oqibatda 21 yoshli qiz “bosh miya lat yeyishi, bosh miya yopiq jarohati, ko‘krak qo‘shma jarohati, koma holati” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Kasalxonada ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, jabrlanuvchi vafot etgan.

Holat yuzasidan Zangiota tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют