» » Yangiyo‘lda Matiz o‘qituvchi ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi

Yangiyo‘lda Matiz o‘qituvchi ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi


Yangiyo‘l tumanida Matiz haydovchisi urib yuborgan ayol vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning 22-mart kuni soat 21:00 larda Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, “Toshkent—Dushanbe” avtomobil yo‘lining 28-kilometrida piyodani urib yuborgan.

Aniqlanishicha, Matiz haydovchisi Yangiyo‘l shahridagi 9-sonli maktabning o‘qituvchisi, 1967-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi olgan tan jarohatlaridan hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют