» » Ohangaronda Isuzu va MAN yuk mashinalarining to‘qnashuvi oqibatida 25 yoshli yigit halok bo‘ldi (foto)

Ohangaronda Isuzu va MAN yuk mashinalarining to‘qnashuvi oqibatida 25 yoshli yigit halok bo‘ldi (foto)


Ohangaron tumanida Isuzu va MAN rusumli yuk mashinalari to‘qnashuvi oqibatida 25 yoshli yigit vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2018-yil 23-mart kuni soat 06:40 larda 1995-yilda tug‘ilgan beshariqlik haydovchi “Rapqon-Progres-Fayz” MChJga tegishli Isuzu rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, “Olmaliq—Toshkent” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida shu yo‘nalishda oldindan harakatlanib ketayotgan MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

“Angren Logistika markazi maxsus yuk trans” MChJga tegishli MAN yuk mashinasini 1962-yilda tug‘ilgan angrenlik erkak boshqarib kelayotgan bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatda Isuzu yuk avtomashinasi yo‘lovchisi, 1993-yilda tug‘ilgan farg‘onalik yigit olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют