» » Namanganda firibgarlik bilan bog‘liq qator jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi

Namanganda firibgarlik bilan bog‘liq qator jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi


Namanganda firibgarlik bilan bog‘liq qator jinoyatlar fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

26-oktabr kuni Namangan shahrida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan K. No‘mon ichki ishlar idoralariga murojaat qildi. 2016-yil dekabr oyida tanishi, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan O. Bahodir “Mikrokreditbank” balansida bo‘lgan yer maydonini sotib olib berishini aytib, 15 million so‘mini olgani, biroq o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborganligini ma’lum qildi.

Shu kuni Namangan shahrida yashovchi, 1964-yilda tug‘ilgan N. Madina ham ariza bilan murojaat qilib, joriy yil avgust oyida tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 1966-yilda tug‘ilgan S. Omina farzandini tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishligini aytib, 800 dollarini olib, o‘zlashtirib yuborganligini bildirdi.

2017-yil 6-noyabr kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan Sh. Hoshim 2013-yil sentabr oyida tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan B. Ahror ishonchiga kirib, sakkizta yuk mashinasida kelayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga pul yetmayotganligini aytib, 84 million so‘mini olgani va hozirgacha bermay kelayotganligidan shikoyat qildi.

7-noyabr kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan V.Kozim 2016-yil dekabr oyida tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan P. Rasul “Janubiy Koreyadagi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kiritaman” deb aldab, 4500 dollarini olib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma’lum qildi.

Ushbu holatlar bo‘yicha Namangan shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar tilxat orqali ochiqda qoldirildi.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 119) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют