» » Turkish Airlines O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

Turkish Airlines O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi


Turkiyaning Turkish Airlines xalqaro aviakompaniyasi Istanbul–Toshkent aviareyslari qayta yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabarga ko‘ra 2020-yil 1-iyuldan boshlab Turkish Airlines Istanbul–Toshkent–Istanbul reyslarini amalga oshiradi. Samolyotlar haftasiga to‘rt marta: Istanbuldan Toshkentga seshanba, chorshanba, shanba va yakshanba kunlari, Toshkentdan Istanbulga esa dushanba, seshanba, juma va shanba kunlari qatnovlarni amalga oshiradi.

Mavzuga doir: Janubiy Koreyaning Asiana Airlines kompaniyasi iyun—iyul oylarida O‘zbekistonga bir nechta reyslarni amalga oshiradi

Mazkur reyslarning aviachiptalari allaqachon sotuvga chiqarilgan. Rasmiy saytdagi axborot bo‘yicha chipta narxi 588 AQSh dollaridan boshlanadi.

Bundan tashqari, 1-iyuldan boshlab Turkiya aviakompaniyasi mahalliy aviaqatnovlar, xususan, Antaliyaga parvozlar amalga oshirilishini (bir haftada 28 ta parvoz) bildirgan. Istanbul–Antaliya–Istanbul reysi narxi 62 dollardan boshlanadi.

Mavzuga doir: Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi doimiy aviaqatnovlar 15-iyuldan tiklanishi mumkin

Turkiyada xorijliklarning mamlakatga kirishga ruxsat berilgan, biroq chegaradan o‘tish vaqtida tibbiy nazorat amalga oshiriladi, koronavirus bilan kasallanish belgilari kuzatilgan yo‘lovchilar COVID-19’ga test bilan tekshirish markazlariga yuborilishi mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют