» » Samarqandliklar Istanbulga arzonroq narxlarda parvoz qilishi mumkin bo‘ldi

Samarqandliklar Istanbulga arzonroq narxlarda parvoz qilishi mumkin bo‘ldi


16-mart, juma kuni Turkish Airlines aviakompaniyasining birinchi tijorat reysi Samarqand aeroportiga qo‘ndi. Turkiya tashuvchisining Istanbulga muntazam parvozlari seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Turkiyaning yirik aviatashuvchilaridan biri O‘zbekistondagi parvozlari geografiyasini Samarqandga kengaytirdi. Birinchi reys yo‘lovchilari bilan Samarqandga Turkish Airlines bosh menejeri Bilal Ekish ham keldi.

Boeing 737-800 (738) samolyoti Istanbuldan 06:00 da, Samarqanddan esa 13:50 da parvoz qiladi. Turkish Airlines’ning “Samarqand—Istanbul—Samarqand” reysi ekonom klassi chiptasi katta kishi uchun 513 dollarga tushadi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining shu yo‘nalishdagi chiptasi 628 dollar, ya’ni 115 dollarga qimmat turadi.

Samarqand aholisi uchun Istanbul orqali Yevropa yoki AQShga yo‘l ochilishi mumkin. Otaturk nomidagi aeroport orqali G‘arbning ko‘plab shaharlariga borish mumkin. Turkish Airlines’ning “Samarqand—Nyu-York—Samarqand” reysi ekonom klassi chiptasi katta kishi uchun 1 157 dollarga tushadi. “Toshkent—Nyu-York—Toshkent” reysi biroz arzonroq 1 093 dollar turadi. Bu Istanbul orqali reysdan 64 dollarga arzonroq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют