» » Ro‘ziqul Berdiyev: “Mash’al”ga qarshi bahsda hujumchilarim o‘yinidan qoniqmadim

Ro‘ziqul Berdiyev: “Mash’al”ga qarshi bahsda hujumchilarim o‘yinidan qoniqmadim


O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan “Masha’l” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (0:0) so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Dastlab, muborakliklar katta murabbiyi Dilyaver Vaniyev o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Shaxsan men uchun “Nasaf” juda prinsipial raqib hisoblanadi. “Nasaf”ga qarshi ikkinchi raqam ostida harakat qildik. Qarshiliklar qanot orqali yaxshi o‘ynashdi. Yigitlarga rahmat aytaman, bugun ular ajoyib harakat qilishdi. “Surxon” bilan o‘yinda darvozabon so‘nggi daqiqalarda biroz bee’tiborlik qildi. Bugun esa jamoani juda ko‘p vaziyatlarda qutqardi. Mamlakatimiz futbolidagi eng kuchli darvozabonlar "Mash’al" tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Hozirgi darvozabonimiz ham asta-sekin rivojlanib, o‘sib boradi. "Mash’al" o‘zbek futbolidagi eng katta akademiyalardan biri.

Yashirishga hojat yo‘q, “Nasaf” o‘yinda ustunlik qildi. Biz 1 ochkoni qo‘lga kiritishga erishdik”, — deydi Vaniyev.

So‘ngra Qarshi klubi ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘yin og‘ir kechdi. Biz chuqur himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynashda muammolarga uchramoqdamiz. Ikkinchi o‘yindirki, shu holat takrorlanyapti. Buning uchun bizning hujum chizig‘idagi vakillarimiz yaxshi o‘ynashi kerak. Ammo ular bugun maydonda umuman ko‘rinmadi. Bugun 4 ta hujumchi bilan o‘ynadik, ammo  hech biri darvozaga zarba bera olmadi. Bunday o‘yin bilan g‘alaba qozonish qiyin.

Bundan tashqari “Mash’al” jamoasi bugun 5 kishilik himoya qo‘rg‘onini yaxshi tashkil etdi. Tezkor qarshi hujumlar ham uyushtirishdi. O‘yin shunday yakunlanishi kerak edi. Chunki biz vaziyat yarata olmadik, muborakliklar ko‘proq himoyalandi”, — dedi Berdiyev.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 112) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют