» » O‘zbekistonda yana 60 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 6461 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 60 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 6461 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 22-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, 60 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi kasallanish holatlaridan so‘ng koronavirus infeksiyasi qayd etilgan fuqarolar soni 6461 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Avval 22-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra 43 kishida koronavirus aniqlangani va O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 6401 nafarga yetgani xabar qilingandi. Kun davomida 146 nafar kishida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda jami 4450 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) kasallikdan sog‘aygan.

22-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida jami 1992 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda. Hozirgacha 19 bemor kasallik asoratlaridan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют