» » Habib Nurmagomedov qachon yana jang qilishini ma’lum qildi

Habib Nurmagomedov qachon yana jang qilishini ma’lum qildi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov sentabr oyida oktagonga qaytishi haqida ma’lumot berdi.

Har kuni shug‘ullanyapman. Tongda va kechqurun mashg‘ulot o‘tkazyapman. Otam ham yaxshi jismoniy holatda bo‘lishimni xohlagan bo‘lardi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishim aniq unga yoqmagan bo‘lardi. Bunga ishonchim komil.

Uning oldiga kirsam shunday deyman: ‘Ota, ertalab, kechqurun shug‘ullanyapman, yaxshi sport formasidaman’. Uning yuziga kulgi yuradi.

Aynan mashg‘ulotlar stressni yengishga yordam bermoqda. Hammasidan chalg‘itib, dam olishga ko‘mak ko‘rsatmoqda.

Umrim davomida shug‘ullanib kelyapman. Otam aytganidek, tayyorgarlik ko‘rgan ot uchun har doim ishtirok etishga musobaqa, arena topiladi. Shunday ekan kuzda qaytaman va kurashaman. Kamarimni himoya qilishga harakat qilaman.

Habib Nurmagomedov, UFC chempioni

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang 19-sentabr kuni UFC 253 musobaqasi doirasida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют