» » Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zi haqidagi “Sasha 3 foiz” memiga munosabat bildirdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zi haqidagi “Sasha 3 foiz” memiga munosabat bildirdi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Brest shahrida o‘tgan muxolifat vakillari bilan uchrashuvda o‘zining reytingi 3 foizdan yuqori ekanini qayd etdi. Lukashenko chiqishining videoyozuvi “Belarus 1” davlat telekanalida namoyish qilingan.

“Sizdan bir narsani — tinchlanishni so‘rayman. Muammoyingiz bo‘lsa uni oshkor qiling. Uni mendan boshqa hech kim hal eta olmaydi, tushunyapsizmi? Belarusda bugun hech kim hukumatni almashtirib tashlay olmaydi. Bu bizning hokimiyatga tish-tirnog‘imiz bilan yopishib olganimiz tufayli emas, aksincha hukumatdagi ko‘pchilikning irodasini sindirish mushkul. Sizlar esa “Sasha 3 foiz” yozuvi tushirilgan futbolkalarda kelibsiz. O‘zingiz amaldagi prezidentning reytingi 3 foiz bo‘lishi mumkinligiga ishonasizmi? Shunga o‘xshash aksiya bilan saylov kampaniyasi, hatto men ham bundan ko‘proq reyting yig‘aman”, — degan Lukashenko.

U hukumatni haqorat qilmaslik va uni boshqarishga urinmaslikni maslahat bergan.

“Mo‘ylovli suvarak, yana bir nimalar… Men hali ham amaldagi prezidentman. Hech bir mamlakatda odamlarni haqorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Axir men hech biringizni shaxsan haqorat qilganim yo‘q-ku”, — degan Lukashenko.

Mavzuga doir: Belarusda prezidentlik saylovi atrofida nimalar yuz bermoqda?

Belarusda Aleksandr Lukashenkoning reytingi, unga xalqning ishonchi qay darajada ekanini ko‘rsatuvchi ochiq ma’lumotlar yo‘q. Bu kabi so‘rovnomalarni o‘tkazish hukumatda akkreditatsiyadan o‘tgan xizmatlarga ruxsat etiladi. Ko‘pincha so‘rovnomalar natijalari e’lon qilinmaydi.

May oyi oxirida Belarusning bir nechta nashri va Telegram’dagi kanallarida onlayn so‘rovnoma o‘tkazilgan. Unda Belarus aholisidan 9-avgustda o‘tadigan prezidentlik saylovlarida kimga ovoz berishi haqida so‘ralgan, ayrim so‘rovnomalarda Lukashenko 3 foiz ovoz to‘plagan.

Shundan keyin Belarusda “Sasha 3 foiz” memi (hazil surati) paydo bo‘ldi. Biznes vakillari ham ushbu raqam ommaviyligidan foydalanib, mijozlarga 3 foizlik chegirmalar bera boshladi. “Symabl.by” Belarus ramzlari bilan tanilgan do‘koni “Psixo 3 foiz” yozuvi tushirilgan futbolkalar savdosini yo‘lga qo‘ydi. Shundan so‘ng kiyimlarning katta partiyasini militsiya musodara qildi, “Symbal.by”da elektr ta’minoti o‘chirildi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasi esa do‘konning tikuv sexini yopdi.

Iyun boshida Belarus Fanlar akademiyasi saytlardagi so‘rovnomalar natijasini jamoatchilik fikri darajasiga tenglashtirdi va ularni o‘tkazish uchun akkreditatsiyadan o‘tish majburiyligini e’lon qildi. Ushbu talabni bajarmagan OAV jarimaga tortiladi.

Mavzuga doir: Lukashenko demokratik yo‘l tutsa, Belarusni qo‘ldan chiqarishini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют