» » Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko insultni boshdan kechirgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko insultni boshdan kechirgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko insultni boshdan kechirgani haqidagi gap-so‘zlarni hazil-mutoyiba bilan izohladi, deb xabar beradi “ONT” telekanali.

Prezident bu haqda Minskdagi donli ekinlarni o‘rish jarayonini tekshirish paytida gapirgan.

Lukashenko mansabdorlardan biriga hosilni yig‘ish bo‘yicha topshiriq berdi va kasalligi haqidagi yolg‘on xabarlarni kulgi bilan izohladi:

“Kelasi yili menga hisobot berasan. Sen kelasi yilgacha yashaysanmi o‘zi? Gapimdan hayron bo‘lma, meni o‘tgan kuni dafn qilishdi, seni ham ko‘mib yuborishlari mumkin”, — dedi Belarus prezidenti.

“Yana mening qiyofadoshim ishlayotganini ham yozishibdi”, — deb hazillashdi Lukashenko.

31-iyul kuni Aleksandr Lukashenko insultni boshdan kechirgani haqidagi gap-so‘zlardan keyin ilk marta ko‘rinish bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют