» » Potensial xavfli asteroid Yerga maksimal darajada yaqin masofadan uchib o‘tdi

Potensial xavfli asteroid Yerga maksimal darajada yaqin masofadan uchib o‘tdi


Yerga 441987 raqamli (2010 NY65) potensial xavfli asteroid yaqinlashdi. Bu haqda NASA Reaktiv harakatlar laboratoriyasi ma’lum qildi.

Kosmik jism Yer sayyorasiga 24-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:44 da maksimal darajada yaqinlashgan bo‘lib, soatiga 12 800 kilometr tezlikda 3,7 million kilometr uzoqlikdan uchib o‘tgan. Bu Oygacha bo‘lgan masofadan 9,6 barobarga ko‘p demak.

Olimlarning ta’kidlashicha, diametrik 288 metr bo‘lgan asteroid o‘z o‘qi atrofida 4,9 soat ichida bir marta aylanishni amalga oshiradi.

Mazkur kosmik jism 2010-yilda ochilgan. Asteroid potensial xavfli osmon jismlari sinfiga kirsa-da, uning sayyora bilan to‘qnashuv ehtimolligi juda kam.

Iyun oyining boshlarida ham kattaligi futbol maydoniga teng asteroid Yerga yaqinlashayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Nega asteroid bilan to‘qnashuv sayyoramiz uchun xatarli?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют