» » Toshkent shahrida 23-iyun kuni 2 nafar bank xodimi, avtopark haydovchisi va nafaqadagi ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlangan

Toshkent shahrida 23-iyun kuni 2 nafar bank xodimi, avtopark haydovchisi va nafaqadagi ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlangan


Sog‘liqni saqlash vazirligi 23-iyun kuni koronavirus qayd etilgan 201 nafar bemordan 30 nafari aholi orasida tasdiqlangani, jumladan, Toshkent shahrining o‘zida 9 ta holatda aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlari qayd etilganini ma’lum qildi.

Vazirlik axborotiga ko‘ra “Asaka bank” tumani filiali xodimi A.G‘. tana harorati ko‘tarilgani uchun poliklinikaga murojaat qilgan. “Ipak yo‘li bank” filiali xodimi M.E. esa shifoxonada davolanish maqsadida namuna topshirgan va ikkala fuqaroda ham kasallik borligi aniqlangan.

Uchtepa tumanidagi avtopark haydovchisi B.A. tana harorati ko‘tarilgani, tomoqda og‘riq bo‘lganini aytib namuna topshirgan va unda ham COVID-19 borligi ma’lum bo‘lgan.

Olmazor tumanida yashovchi nafaqaxo‘r G.N.da, Yunusobod tumanida yashovchi D.X.da ham koronavirus aniqlangan. D.X. respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Vazirlikning qayd etishicha mazkur holatdan kelib chiqqan holda Toshkent shahrida karantin qoidalari birmuncha kuchaytirilgan.

Mavzuga doir:O‘zbekistonda 23-iyun kuni 201 kishida koronavirus aniqlandi. Sakkizta hududda aholi orasida kasallanish qayd etildi

24-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra Toshkent shahrida 37 ta kasallanish holati (shundan 35 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) qayd etilgan. Soat 17:00 holatiga ko‘ra esa poytaxtda yana 28 nafar kishining koronavirusga chalingani (15 nafari kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida) aniqlangan.

22-iyunda Toshkent shahrida koronavirus aniqlangan “qizil” hududlarga blokpostlar qayta o‘rnatilishi xabar qilingandi.

Mavzuga doir: Toshkentda koronavirusga qarshi kurashga jalb etilgan tibbiyot xodimlari ularga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanmayotganini ma’lum qildi

O‘zbekistonda hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 4588 nafari sog‘aygan, 19 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют