» » Toshkentda 19-iyun kuni bir oilaning 6 nafar a’zosida koronavirus aniqlangan. Aholi orasida kasallanish holatlari ko‘paymoqda

Toshkentda 19-iyun kuni bir oilaning 6 nafar a’zosida koronavirus aniqlangan. Aholi orasida kasallanish holatlari ko‘paymoqda


18-iyun sanasida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 85 nafar bemordan 28 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 19-iyun kuni esa 179 nafar bemordan 29 nafari aholi orasida tasdiqlandi. Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi ham, aholi orasida koronavirusga chalinish holati ham kundan kunga keskin oshgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

19-iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida ko‘riladigan bo‘lsa, Toshkent shahrida 24 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar, Toshkent viloyatida esa — 2 nafarni tashkil etgan.

Jumladan, Chilonzor tumanidagi savdo do‘koni sotuvchisida (Sergeli tumanida istiqomat qiladi, 18-iyundan tana harorati ko‘tarilgach, shifokorga murojaat qilgan), Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi fuqaro hamda uning o‘g‘li va qizida, poytaxtda bo‘lib turgan Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaroda (profilaktika maqsadida Toshkent shahar SEOM laboratoriyasiga namuna topshirgan), Uchtepa tumanida yashovchi 3 nafar nafaqada bo‘lgan fuqarolarda hamda Yunusobod tumanidagi bir oilaning 6 nafar a’zosida (tana harorati ko‘tarilgach, tumandagi 52-oilaviy poliklinikaga murojaat qilgan) kasallik qayd etilgan.

Bundan tashqari, Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroda (17-iyun kuni tana harorati ko‘tarilgach, shifokorga murojaat qilgan), Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimligi sektori ish yurituvchisida (profilaktika maqsadda namuna olingan) hamda O‘rta Chirchiq tumani tug‘ruq bo‘limidagi bemorda ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Mazkur kasallik aniqlangan fuqarolarning aksariyati tana harorati ko‘tarilgach, shifoxonaga murojaat qilgan va namuna topshirgan. Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Ayrim hududlardagi tuman va mahallalarda aholi orasida koronavirusga chalinganlar guruh-guruh bo‘lib chiqayotgani vaziyatning xavotirli ekanini ko‘rsatmoqda. Bunday holatda odamlarning bir joyga yig‘ilmasligi, turli tadbirlarni o‘tkazishdan vaqtincha tiyilib turishlari koronavirusning oldini olishda juda muhim hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda 20-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 7 soat ichida 94 kishi koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 6119 nafarga yetdi. Hozirda kasallanganlarning 4273 nafari koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan, 19 nafari kasallik asoratlaridan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют