» » O‘zbekistonda 5-iyun kuni 68 kishida koronavirus aniqlandi. Koronavirus Qashqadaryoga qaytdi

O‘zbekistonda 5-iyun kuni 68 kishida koronavirus aniqlandi. Koronavirus Qashqadaryoga qaytdi


O‘zbekistonda 4-iyun 23:00 dan 5-iyun 23:00 gacha 68 kishida koronavirus aniqlandi.

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 68 nafar bemorning 42 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 17 nafari aholi orasida, 9 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida yangi kasallanish holati qayd etildi. Ushbu viloyatda 1-may kuni barcha bemorlar sog‘aygandi.

5-iyun davomida 160 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 140 nafari Toshkent shahridagi, 14 nafari Navoiy viloyatidagi, 4 nafari Samarqand viloyatidagi ham 2 nafari Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4007 nafar bemordan 3247 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 81 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 744 nafar bemordan 12 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 433 114 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 383 981 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 26 687 nafar, statsionar karantinda esa 22 446 nafar fuqaro qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют