» » Toshkentda aholi orasida yetti kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanganlar soni 3396 nafarga yetdi

Toshkentda aholi orasida yetti kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanganlar soni 3396 nafarga yetdi


2020 yil 28 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3396 (+27) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, Toshkent shahrida 7 nafar aholi orasida, Samarqand viloyatida 1 nafar aholi orasida, Toshkent viloyatida esa 1 nafar aholi orasida, 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Hozirda mamlakatimizda 714 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 3 nafari esa og‘ir ahvolda.

Ma’lumot uchun, shu kungacha bemorlarning 2668 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan, 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Buxoroda bir oilaning yetti vakilida koronavirus aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют