» » O‘zbekistonda 3-iyun kuni 83 kishida koronavirus aniqlandi, 106 kishi kasallikdan sog‘aydi. Bir kishi vafot etdi

O‘zbekistonda 3-iyun kuni 83 kishida koronavirus aniqlandi, 106 kishi kasallikdan sog‘aydi. Bir kishi vafot etdi


O‘zbekistonda 2-iyun soat 23:00 dan 3-iyun soat 23:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida jami 83 kishida koronavirus aniqlandi.

Yangi kasallanish holatlari

Yangi qayd etilgan holatlarning 74 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolarda, 8 nafari yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. Yana bir nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Aholi orasida koronavirus qayd etilishi bo‘yicha bu so‘nggi kunlardagi eng past ko‘rsatkich. Misol uchun, yangi kasallanish holatlari aholi orasida 28 va 30-may kunlari 21 tadan bo‘lgandi. 1-iyunda aholi orasida 15 ta, 2-iyunda esa 8 ta holat qayd etilgandi.

Koronavirusdan sog‘ayish holatlari

3-iyun davomida 106 nafar fuqaro koronavirusdan sog‘aydi. Shundan 43 nafari Toshkent shahridagi, 42 nafari Navoiy viloyatidagi, 17 nafari Samarqand viloyatidagi hamda 4 nafari Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqdi.

Navoiyda ikkinchi kun ketma-ket 42 kishi koronavirusdan tuzalib, viloyatda koronavirusdan tuzalish ko‘rsatkichi 54 foizga yetdi.

Ma’lumot o‘rnida, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi. Andijon (3 nafar bemor), Namangan (5 nafar bemor) va Qoraqalpog‘iston (6 nafar bemor) ham koronavirusdan xoli hududga aylanishga yaqin turibdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3843 nafar bemordan 3014 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

O‘lim holati va ahvoli og‘ir bemorlar

3-iyun kuni Toshkent shahrida 72 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Bemor uzoq yillardan buyon yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi tashxisi bilan davolanib kelgan. 2000 va 2019-yillarda u ikki marta miokard infarktini o‘tkazgan. U koronavirusdan vafot etgan 16-bemor bo‘ldi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 813 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Toshkentda 72 yoshli erkak vafot etishidan oldin — 2-iyun holatiga ko‘ra ham bemorlarning 10 nafari og‘ir, 2 nafari o‘ta og‘ir ahvolda edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют