» » O‘zbekistonda 4-iyun kuni 96 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi holatlarning 13 tasi aholi orasida qayd etildi

O‘zbekistonda 4-iyun kuni 96 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi holatlarning 13 tasi aholi orasida qayd etildi


O‘zbekistonda 3-iyun soat 23:00 dan 4-iyun soat 23:00 gacha 96 kishida koronavirus aniqlandi.

Yangi holatlarning 81 tasi karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida qayd etildi. 13 nafari aholi orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

4-iyun davomida 73 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 64 nafari Toshkent shahridagi, 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hamda 5 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3939 nafar bemordan 3087 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 836 nafar bemordan 9 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 429 209 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 380 843 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 26 567 nafar, statsionar karantinda esa 21 799 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют