» » Shavkat Mirziyoyev Moskvadan Toshkentga yetib keldi

Shavkat Mirziyoyev Moskvadan Toshkentga yetib keldi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya poytaxti Moskva shahriga amaliy tashrifi dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlar yakunlangani, davlat rahbarining Moskvadan Toshkentga yo‘l olgani haqida xabar berilgandi. Shavkat Mirziyoyev Toshkentga yetib keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Moskvada o‘tkazilgan G‘alaba paradida qatnashish uchun 23-iyun, seshanba kuni Moskvaga yetib borgandi.

Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Rossiya prezidenti G‘alaba paradiga kelgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Shavkat Mirziyoyev hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin suhbat chog‘ida strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev 24-iyun kuni Moskvadagi Qizil maydonga tashrif buyurdi hamda Rossiya prezidenti va bir qator MDH davlatlari rahbarlari bilan birga G‘alaba paradida ishtirok etdi. O‘zbekiston harbiylari ham mazkur tadbirda mamlakat mustaqillikka erishganidan keyin birinchi bor qatnashdi va chiqish qildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 24-iyun kuni boshqa davlat rahbarlari bilan birga Moskvadagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi, Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirib, haykal poyiga gul qo‘ydi. Xiyobondan chiqishda Prezident shu yerda to‘plangan o‘zbekistonliklar bilan salomlashdi.

Ma’lumot uchun, Vladimir Putin Moskvada o‘tgan G‘alaba paradiga barcha MDH davlatlari rahbarlarini taklif qilgan. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyat tufayli, Turkmaniston prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 29-iyunda 63 yosh — Payg‘ambar yoshiga to‘lishi sabab tantanali tadbirlarga bora olmasligini e’lon qilgan. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev esa koronavirus yuqtirib olgan va u ham Moskvaga bormagan.

Mavzuga doir: G‘alaba paradida qatnashish uchun Moskvaga borgan Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlandi

Mazkur paradda ishtirok etish uchun Moskvaga borgan So‘ronboy Jeenbekov rahbarligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlandi. Shu sababli Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov ham paradda ishtirok etmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют