» » Toshkentda yana 10 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlar soni 4700 nafarga yaqinlashdi

Toshkentda yana 10 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlar soni 4700 nafarga yaqinlashdi


Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Tuzalganlarning 9 nafari erkaklar, 1 nafari ayol. Bemorlarning yoshi kattasi 59 da, eng kichigi esa 20 yoshda.

Shu tariqa Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2567 nafarga yetdi.

24-iyun kuni Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 19 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 28 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aygani, keyinchalik tuzalganlar safiga Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 72 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 15 nafar, jami 87 nafar bemor qo‘shilgani xabar qilingandi. Kun davomida O‘zbekistonda jami 125 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi. Sog‘ayganlarning umumiy soni 4685 nafarni tashkil etmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda 24-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 92 kishiga ko‘payib, 6847 nafarga yetgani xabar berilgandi. Hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 19 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют