» » “Yig‘ilishlarda barcha niqobda bo‘lishi shart” — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi

“Yig‘ilishlarda barcha niqobda bo‘lishi shart” — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi


AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda xodimlar ish joyida o‘tkazilgan majlislarda niqobda bo‘lishlari shart yoki shart emasligi to‘g‘risidagi masalaga oydinlik kiritildi.

“Har safar OAV orqali aytib o‘tyapmiz: yig‘ilishlar sonini keskin darajada kamaytirish kerak. Agarda ushbu yig‘ilish faoliyat yo‘nalishida yoki biror-bir muammoni yechimini topish yo‘lida ahamiyat kasb etadigan bo‘lsa, albatta, birinchi navbatda oraliq masofaning saqlanishini, xonalarning shamollatilishini ta’minlash kerak”, — deydi Qurbonov.

Bundan tashqari, yig‘ilishlarni tashkil etishda xodimlarning sog‘lig‘ini ham inobatga olish kerak.

“Yig‘ilishda barcha xodimlar tibbiy niqobda bo‘lishi shart. Tibbiy niqobda bo‘lish avvalo o‘zimizni, qolaversa, jamoani, ya’ni yonimizdagi boshqa xodimni kasallikdan himoya qilishda, kasallik tarqalishining oldini olishda ahamiyat kasb etadi”, — deydi Botir Qurbonov.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlar ishdan olinishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda xalqaro temiryo‘l qatnovlari ochilishi masalasiga aniqlik kiritildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют