» » Andijonda fuqaroning IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi ortidan ichki ishlar bo‘limlari xonalariga kuzatuv kameralari o‘rnatiladi

Andijonda fuqaroning IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi ortidan ichki ishlar bo‘limlari xonalariga kuzatuv kameralari o‘rnatiladi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi fuqarolar bilan suhbat olib boriladigan ichki ishlar bo‘limlari xonalariga kuzatuv kameralari o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Hotamov ma’lum qildi.

“Biz endilikda har bir tuman ichki ishlar organlarida alohida xona tayyorlaymiz, u yerda har bir ichki ishlar xodimi bilan fuqarolar suhbatlari audio-video uskunalari orqali yozib boriladi. Umuman, kaltaklash, tazyiq o‘tkazish holatlarining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘ramiz”, — dedi Rustam Hotamov.

Uning qayd etishicha, Andijon viloyatida bo‘lgan voqea butun tizim rahbariyatini, barcha shaxsiy tarkibni nihoyatda tashvishga soldi.

“Noma’qul, tizimga tasodifan kirib qolgan xodimlarni ishdan bo‘shatish choralarini doimiy ravishda ko‘rib boramiz. Shuni ham ta’kidlashni istardim: ichki ishlar xodimlari kundalik faoliyatida tez-tez stress, zo‘riqish holatiga tushib qoladi. Chunki ular jinoyatchilik holatlari bilan bevosita to‘qnashadi. Shuning uchun psixologik ta’minot ishlarini yanada kuchaytirishimiz kerak. Tizimda sog‘lom fikrlaydigan, halol, pok, vijdonli, vatanparvar xodimlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi”, — deya qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.

Mavzuga doir: IIV matbuot kotibi: “2020-yilda 2350 nafar ichki ishlar xodimi xizmat intizomini buzgani aniqlangan”

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 13-iyunda Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimi hibsga olingan, voqea 30-mayda Andijon shahar Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinishidan boshlangan. Fuqaro 11-iyunda vafot etgan. 14-iyun kuni Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i podpolkovnik Sodiq Usmonov mazkur voqea sabab ishdan olindi. Keyinroq IIBda besh kishi ishdan olingani va 19 kishi jazolangani ma’lum qilindi.

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda fuqaroning IIB tomonidan qiynoqqa solinganini qat’iy qoraladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Adolat” SDP siyosiy kengashi raisi Narimon Umarov bir fuqaroni qiynoqqa solib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan Andijon shahar IIB xodimlari harakatiga munosabat bildirib, Andijon shahar IIB xodimlarining noo‘rin munosabati asnosida kasb sha’ni oyoqosti qilingani, bir inson eng oliy huquqi bo‘lgan yashash ne’matidan mosuvo bo‘lgani, shu bilan birga, mamlakat rahbariyati va aholi tomonidan davlatning xalqaro imijini yaxshilash uchun qilinayotgan ko‘p sonli harakatlarga putur yetganini ta’kidladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘rayev ushbu vaziyat bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirib, IIV rahbariyati marhum yigitning oilasidan loaqal bir og‘iz kechirim so‘rab qo‘yishi kerakligini aytgan.

Mavzuga doir: IIV rahbariyati, Andijon hokimligi va viloyat IIB vakillari ichki ishlar bo‘limidagi qiynoqlardan so‘ng vafot etgan fuqaroning oilasidan uzr so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют