» » IKAO O‘zbekistonda parvozlar xavfsizligi auditini o‘tkazdi

IKAO O‘zbekistonda parvozlar xavfsizligi auditini o‘tkazdi


Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) ekspertlar guruhi 10—21-aprel kunlari O‘zbekiston fuqarolik aviatsiyasi tizimini auditdan o‘tkazdi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

IKAO mutaxassislari, Germaniya, Fransiya, Kuba va Kanada vakillaridan iborat auditorlar O‘zbekistonning fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi qonunchiligi, tartibga solish va nazorat tizimining tashkil etilishi, parvozlar xavfsizligining ta’minlanishi, uchishga yaroqlilik, aviatsiya hodisalarining tekshirilishi, aerodromlar ta’minotini o‘rgandi.

Ekspertlar, shuningdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va Silk Road Cargo Business aviakompaniyasi bo‘linmalari faoliyati bilan ham tanishdi.

Audit natijalari bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolik aviatsiyasida parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 143) ( 0) ( 142) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют